30 Dekabr 2022 990

Voleybolchi qizlarimiz Bangladeshda uchinchi o‘rinni egallashdi

Bangladeshda sohil voleyboli bo‘yicha xalqaro musobaqa yakuniga yetdi. 4 mamlakatdan 6 jamoa qatnashgan musobaqada hamyurtlarimiz 2 ta tarkib bilan ishtirok etishgani haqida ma’lum qilgan edik. Ahamiyatlisi, yarim finalda imkoniyatni boy bergan sportchilarimiz bronza medali uchun o‘zaro bahs olib borishdi.

Qiziqarli o‘yin Sultonboyeva / Qo‘chqorovadan iborat birinchi jamoaning g‘alabasi bilan tugadi. Oltin medalni shri-lankalik qizlar qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, ularga finalda yutqazgan Nepal kumush medal bilan taqdirlandi.

Text to speech