30 Dekabr 2022 921

Sportimiz faxriylariga bayram sovgʻalari ulashildi

Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami arafasida Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi bir guruh faxriylarimizning holidan xabar olib, ularga bayram sovgʻalarini taqdim qildi.

Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov faxriylarimizni qabul qilar ekan, ularning uzoq yillik mehnatlari uchun tashakkur izhor qilib, kirib kelayotgan bayram bilan qutladi. Mutasaddilar salomatligida kichik muammolari bor faxriylarimizning xonadoniga tashrif buyurishdi. Ularning holidan xabar olishdi va ajratilgan moddiy yordamni oʻz egalariga topshirdilar.

Oʻz navbatida, faxriylarimiz ham koʻrsatilayotgan bunday eʼtibordan mamnun boʻlib, xalqimiz farovonligi, yurtimiz ravnaqi uchun duo qilib qolishdi.

Text to speech