30 Dekabr 2022 958

Gandbolchi yigitlarimiz Janubi-Sharqiy Osiyo chempionatida gʻalaba qozonishdi

Singapur poytaxtida gandbol boʻyicha erkaklar oʻrtasida Janubi-Sharqiy Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Unda mintaqa vakillari bilan bir qatorda taklifnoma asosida Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, hamyurtlarimiz barcha oʻyinlarda gʻalaba qozonib, musobaqaning bosh sovrinini qoʻlga kiritishdi.

Terma jamoamiz aylana tizimda oʻtgan chempionatda dastlab mezbonlarni (17:12), shundan soʻng Vyetnam (35:27), Malayziya (31:17), Yaponiya (36:30), Tailand (25:14), Xitoy Taipeyi (34:29) va yakunda Gonkong termasini (36:28) magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi. Yurtdoshlarimizdan soʻng eng koʻp ochko jamgʻargan Singapur kumush medal bilan taqdirlangan boʻlsa, kuchli uchlikni Malayziya va Gonkong jamoalari yakunlab berdi.

Text to speech