29 Dekabr 2022 835

Birlashgan kurash dunyosi 2022-yilning eng yaxshi sportchilari nomini eʼlon qildi

Unga koʻra, erkaklar oʻrtasida turkiyalik erkin kurashchi Taxa Akgul, ayollar kurashidan yaponiyalik Nonoka Ozaki yil sportchilari deb topildi.

Akgul joriy yil Belgradda oʻtgan dunyo birinchiligida Budapeshtda oʻtgan Yevropa chempionatida -125 kg vazn toifasida gʻalaba qozondi. 19 yoshli Ozaki esa kattalar oʻrtasidagi Osiyo va jahon chempionati, 20 va 23 yoshgacha boʻlgan kurashchilar oʻrtasidagi dunyo birinchiliklarining barchasida oltin medallarga ega chiqdi.

Text to speech