29 Dekabr 2022
1163
BAAning Al-Ayn shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CSI3* xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi
Quvonarlisi, unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdurahmon Abdullayev 4-klass toifasida 2 fazali toʻsiqlardan sakrash yoʻnalishida gʻalaba qozondi.
“Quintair” laqabli otda harakat qilgan hamyurtimiz mashqni 31.7 soniyada bajarishga muvaffaq boʻldi. Ikkinchi oʻrin mezbon sportchi Salim Al Suvaydiga (“Diamond way”) nasib etgan boʻlsa, kuchli uchlikni avstriyalik Gerfirid Puk (“Equitron melody”) yopib berdi.