28 Dekabr 2022 1414

Bangladeshda sohil voleyboli boʻyicha xalqaro musobaqa boshlandi

Musobaqa 27-29-dekabr kunlari oʻtkazilib, unda Markaziy va Janubiy Osiyo (CAVA) mintaqalarining jamoalari ishtirok etmoqda.

Turnirda Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi ikkita tarkib bilan qatnashmoqda. Dastlabki kun bahslarida Sotivoldiyeva hamda Jamolovadan iborat Oʻzbekistonning ikkinchi jamoasi Bangladesh II jamoasini 21:13, 21:16 hisoblarida magʻlub etdi.

Musobaqada Oʻzbekiston, Bangladesh (2 tadan jamoa), Nepal, Shri-Lanka davlatlaridan 6 ta jamoa qatnashmoqda. Turnir murabbiylar uchun kelasi yil Xanchjouda boʻlib oʻtadigan Osiyo oʻyinlari oldidan optimal tarkibni saralab olish imkoniyatini beradi.

Reglamentga koʻra, bugun qizlarimiz saralash bosqichi doirasida barcha raqiblar bilan hisob-kitob qilishadi. Ertaga pley-off bahslari oʻtkaziladi.

Text to speech