27 Dekabr 2022 960

Yosh uchkurashchilar o'rtasida bellashuv

Bugun poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” ot sporti klubida uchkurash boʻyicha Oliy sport mahorati maktabi tarbiyalanuvchilari oʻrtasida musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh chavandozlar gʻoliblik yoʻlida bor mahoratlarini namoyish etishdi. Yakunda gʻolib va sovrindorlar Oʻzbekiston yilqichilik va sporti federatsiyasi rahbariyati hamda homiylar tomonidan taqdirlanishdi. Musobaqada quyidagi sportchilar sovrinli oʻrinlarni egallashdi:

1. Mehriyona Orifjonova (“Allagir” laqabli otda)
2. Madina Abdurahmonova (“Gudman”)
3. Yasmina Seitniyazova (“Artur”)

Text to speech