27 Dekabr 2022 12221

Xalqaro dzyudo federatsiyasining 2023-yilgi taqvimi bilan tanishamiz

2023-yilda bizni dzyudo olamida bir qator yirik va nufuzli musobaqalar kutib turibdi. O‘zbekiston terma jamoasi undagi ishtiroki bilan Parij-2024 Olimpiadasi uchun maksimal darajadagi reyting ochkolarini jamg‘arishga harakat qiladi. Ular orasida 3-5-mart kunlari Toshkentda o‘tadigan “Katta dubulg‘a” turniri va 7-14-may sanasida Doxa mezbonlik qiladigan jahon chempionati ko‘proq e’tibor markazida bo‘lishi, shubhasiz. IJF World Tour musobaqalarining 2023-yil taqvimi quyidagicha:

27-29-yanvar: Gran-pri, Almada (Portugaliya)
4-5-fevral: “Katta dubulg‘a”, Parij (Fransiya)
16-18-fevral: “Katta dubulg‘a”, Tel-Aviv (Isroil)
3-5-mart: “Katta dubulg‘a”, Toshkent (O‘zbekiston)
24-26-mart: “Katta dubulg‘a”, Tbilisi (Gruziya)
31-mart – 2-aprel: “Katta dubulg‘a”, Antalya (Turkiya)
7-14-may: Jahon chempionati, Doxa (Qatar)
25-27-may: Gran-pri, Lins (Avstriya)
2-4-iyun: Gran-pri, Dushanbe (Tojikiston)
23-25-iyun: “Katta dubulg‘a”, Ulan-Bator (Mo‘g‘uliston)
4-6-avgust: Masters, Budapesht (Vengriya)
18-20-avgust: Gran-pri, Zagreb (Xorvatiya)
29-30-avgust: Parij-2024 sinov musobaqasi (Fransiya)
22-24-sentabr: “Katta dubulg‘a”, Boku (Ozarbayjon)
4-8-oktabr: Yoshlar o‘rtasida JCh, Koimbra (Portugaliya)
10-12-noyabr: “Katta dubulg‘a”, Abu-Dabi (BAA)
2-3-dekabr: “Katta dubulg‘a”, Tokio (Yaponiya)

Text to speech