Sport tibbiyoti sohasida eng munosiblar taqdirlanishdi
Milliy Olimpiya qo‘mitasi qoshidagi Respublikasi sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tomonidan yil yakunlariga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. “Yangi O‘zbekistonga yangi qadamlar” shiori ostida o‘tgan bayram dasturida sport tibbiyoti sohasida yil davomida o‘zlarining xizmatlari bilan ajralib turgan mutaxassislar taqdirlanishdi.
Tadbirda O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov, Sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov va ko‘plab soha fidoyilari qatnashishdi. Mutasaddilar sportchilarimizning xalqaro maydondagi yutuqlarida shifokorlarning ham alohida xizmatlari borligini alohida e’tirof etib, ko‘rsatayotgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirishdi. Tadbir yakunida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi mutaxassislar o‘z yo‘nalishlarida eng yaxshilar deb topildi:
«Markazning eng yaxshi shifokori» - Irmetova Mukaddam Maqsudovna (RSTIAM)
«Federatsiyalarning eng yaxshi sport shifokori» - Svyatskaya Svetlana Ivanovna (O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi)
«Yilning eng faol sport shifokori» - Fotiyev Sergey Stepanovich (RSTIAM)
«Yilning eng yaxshi tibbiyot xodimi» - Muslimov Obiddin Furqatovich (O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi)
«Markaz faoliyati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun» - Mavlyanov Iskandar Raximovich (RSTIAM)
«Markaz faoliyatidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati uchun» - To‘ychiyev Rufat Abdurasulovich (RSTIAM)
«Fidoiy xizmatlari uchun» - Yesimova Dina Muratovna (RSTIAM)
«Innovatsion g‘oyalari uchun» - Parpiyev Sardor Rasulovich (RSTIAM)