25 Dekabr 2022 599

Kamonchilarimiz BAAdagi Osiyo kubogida sovrindor boʻlishdi

Ayni kunlarda BAAning Sharja shahrida kamondan otish boʻyicha Osiyo kubogi bosqichi yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtlarimiz miks dasturida shohsupaga koʻtarilishdi.

Amirxon Sodiqov hamda Ziyodaxon Abdusattorova juftligi dastlab Iroqni 5:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Hamyurtlarimiz chorak finalda tarkibi turli boʻlsada, mazkur yoʻnalishda Tokio-2020 Olimpiadasida gʻalaba qozongan Koreya Respublikadan 6:2 hisobida ustun kelishdi. Biroq yarim finalda Xitoy Taipeyi vakillariga 4:5 hisobida imkoniyat boy berildi. Bronza medali uchun kechgan bellashuvda esa Bangladesh 5:3 hisobida magʻlub etildi.

Text to speech