"Milliy sport mukofoti-2022"da eng munosiblar aniqlandi
O‘zbekiston sportida yakuniga yetib borayotgan 2022 yilgi mavsum sarhisob qilinib, bir nechta nominatsiyalarda g‘oliblar aniqlandi.
"Milliy sport mukofoti-2022" taqdirlash marosimini Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov ochib berdi. Shundan so‘ng sport federatsiyalari, homiy tashkilotlar va mutasaddilar ishtirokida yilning eng yaxshilari e’lon qilindi.
Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Gulsevar G‘aniyeva (boks)
Yil kashfiyoti: Sharifa Davronova (yengil atletika)
Yilning eng yaxshi hakami: Eshpo‘lat Hidoyatov (sport kurashlari)
Yilning eng yaxshi sport shifokori: Rustem Ablyalimov (velosport)
Navbatdagi blok Paralimpiya sportiga bag‘ishlandi. Undagi nominatsiyalar va g‘oliblar:
Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Azizbek Boynazarov (para suzish)
Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi: Bobur Qo‘ziyev (para taekvondo)
Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Guljanoy Naimova (para taekvondo)
Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Server Ibragimov (para o‘q otish)
Navbatdagi nominatsiyalarda amputant sportchilarimiz taqdirlanishdi:
Amputantlar futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun: Rustam Mehmonov («Matonat» nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi raisi)
Futbol bo‘yicha amputantlar jamoasi fidoyisi: Baxtiyor Rajabov (Futbol bo‘yicha amputantlar jamoasi faxriysi)
Yilning eng yaxshi para sport klubi: Sport kurashlari klubi
Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: Kamoliddin Alimov (olamsport.com)
Yilning eng faol sport targ‘ibotchisi: Timur Nizayev («Pravda Vostoka» gazetasi)
Yilning eng yaxshi matbuot xizmati: O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi (Vitaliy Judro)
Olimpizm targ‘iboti yo‘lidagi uzoq yillik xizmatlari uchun: Anvar Avazxo‘jayev
Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
Yilning eng yaxshi federatsiyasi: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi
Sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi tashkilotchi: O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi
Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun: Birodar Abduraimov (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni sohibi)
Milliy sport turlarini ommaviylashtirishga qo‘shgan hissasi uchun: Nig‘matilla Yo‘ldoshev (O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori, O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi)
Xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun: Tanzila Narbayeva (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbari)
Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilishdagi xizmatlari uchun: Abdusalom Azizov (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari)
Xalqaro tadbirlarning eng yaxshi tashkilotchisi: Osiyo Olimpiya kengashi
Shubhasiz, barcha intizorlik bilan kutgan nominatsiyalarda yilning eng yaxshi murabbiyi, ayol va erkak sportchilari deb quyidagilar tan olindi:
Yilning eng yaxshi murabbiyi: Ilias Iliadis (Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi)
Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Svetlana Osipova (taekvondo VT bo‘yicha jahon chempioni)
Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Muzaffarbek To‘raboyev (dzyudo bo‘yicha jahon chempioni)