24 Dekabr 2022 2469

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi Parij-2024 litsenziyalari o‘ynaladigan turnirlarni e’lon qildi

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi ham Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun ajratilgan kvotalar va ularning taqsimlanish tizimini tasdiqladi. Quyida mazkur dasturga oid e’tiborli ma’lumot va raqamlarni keltirib o‘tamiz:

Ushbu sport uchun umumiy ajratilgan kvota: 120 (60+60) 

Erkaklar vazn toifalari: -61 kg, -73 kg, -89 kg, -102 kg va +102 kg

Ayollar vazn toifalari: -49 kg, -59 kg, -71 kg, -81 kg va +81 kg

Ajratilgan 60 kvota har bir vazn toifalarida teng taqsimlanadi

Har bir mamlakatdan maksimum 6 nafar (3+3) sportchi Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etishi mumkin. Bordiyu qaysidir jamoa 4 yoki undan ortiq yo‘llanmaga ega bo‘lsa, majburiy ravishda 3 sportchisini tanlaydi. 

O‘rinlar reyting ochko taqdim qiluvchi musobaqalardagi natijalarga qarab shakllantiriladi. Parij-2024 yo‘llanmasiga ega bo‘lish uchun sportchilar kamida 5 ta ana shunday reyting turnirida ishtirok etishlari shart. Ulardan quyidagi 2 tasi majburiy: 

2023-yilgi jahon chempionati (2-17-sentyabr, Saudiya Arabistoni);

2024-yilgi Jahon kubogi (2-11-aprel, Tailand) 

Shuningdek, quyidagi musobaqalardan kamida 3 tasida ishtirok etgan bo‘lishlari talab etiladi. 

2022-yilgi jahon chempionati (5-16-dekabr, Kolumbiya);

2023-yilgi Osiyo chempionati (3-13-may, Janubiy Koreya);

2023-yilgi I Gran-pri (2-12-iyun, Kuba);

2023-yilgi II Gran-pri (dekabr, Qatar);

2024-yilgi Osiyo chempionati (5-15-fevral, O‘zbekiston) 

Litsenzion musobaqalardan biriga Toshkent mezbonlik qilishi chempionatning nufuzini yanada ko‘tarib beradi. Biroq qit’amiz terma jamoalariga 2023-yilgi jahon chempionati va Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarining orasidagi juda qisqa fursat halaqit berishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 2-17-sentabr kuni qit’amiz atletlari Saudiyada dunyo birinchiligida ishtirok etishsa, 27-sentabr – 4-oktabr sanalarida ularni Osiyo o‘yinlari doirasidagi bahslar kutib turibdi.

Text to speech