24 Dekabr 2022 905

Mo‘minjon Abdullayevni tabriklaymiz!

Bugun yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Mo‘minjon Abdullayev tavallud ayyomini nishonlamoqda. 

Mo‘minjon Abdullayev 1989-yil ushbu sanada Samarqand viloyatida dunyoga kelgan. -130 kilogramm vazn toifasida London-2012, Rio-2016 va Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. 2018-yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, uning hisobida qit’a birinchiliklarining 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari ham mavjud. 2017-yil Bokuda o‘tgan Islom birdamligi o‘yinlari, shuningdek, o‘sha yil Ashxobod mezbonlik qilgan Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan. 

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi kurashchimizni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr va sihat salomatlik tilab qoladi.

Text to speech