23 Dekabr 2022 797

Ayollar boksi bo'yicha jahon chempionatining sanalari aniq

Xalqaro boks federatsiyasi (IBA) 2023-yil ayollar oʻrtasida oʻtkaziladigan jahon chempionati muddatlarini maʼlum qildi. Unga koʻra, musobaqa 15-31-mart kunlari Hindistonning Nyu-Dehli shahrida boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, bu yil Turkiya mezbonlik qilgan dunyo birinchiligida Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatlaridagi ilk medallarini qoʻlga kiritgan edi. Oʻshanda Elshod Rasulov shogirdlari 2 ta bronza medaliga sazovor boʻlishgan.

Ilk bor Toshkent shahrida oʻtadigan erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionati esa 1-14-may kunlariga belgilangan.

Text to speech