22 Dekabr 2022 682

Kurashchilarimiz Bishkekdagi xalqaro musobaqada sovrindor bo'lishdi

Qirgʻizistonda sport kurashlari boʻyicha “PWL-3 World Series” tasnifiga kiruvchi xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda Eron, Rossiya, Moʻgʻuliston, Qirgʻiziston, Qozogʻistondan vakillar qatori ikki nafar hamyurtimiz Gʻulomjon Abdullayev (-57 kg) hamda Ilyas Bekbulatov (-71 kg) ham ishtirok etdi. Qayd etish joiz, mazkur musobaqada faqat maxsus taklif etilgan sportchilargina ishtirok eta olishadi.

Ilyas Bekbulatov hal qiluvchi bellashuvda rossiyalik jahon chempionati sovrindori Yevgeniy Jerbeyev bilan kurashib, 4:2 hisobida gʻalaba qozondi. Abdullayev esa finalda azaliy raqiblaridan biri, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Zaur Uguyevga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan cheklandi.

Text to speech