22 Dekabr 2022 983

Bobonov va Yusupov bronza medali uchun kurashishadi

Isroilda yakuniga yetib borayotgan dzyudo boʻyicha Masters musobaqasining oxirgi kunida kechki dasturda medallar uchun kurash olib boradigan polvonlar nomi maʼlum boʻldi. Unga koʻra, ikki nafar hamyurtimiz uchinchi oʻrin uchun tatamiga chiqishadi.

Jahon chempioni Davlat Bobonov (-90 kg) ishtirokidagi bronza medali uchun bahs kechki dasturni boshlab beradi. Unda hamyurtimiz gruziyalik Luka Maysuradze bilan hisob-kitob qiladi. +100 kg toifasidagi Alisher Yusupov esa shohsupaga koʻtarilishi uchun moʻgʻulistonlik Sensensengel Odxuni magʻlubiyatga uchratishi kerak boʻladi.

Text to speech