22 Dekabr 2022 1671

Karatechilarimiz Osiyo chempionatini kuchli beshlikda yakunlashdi

Toshkent mezbonlik qilgan karate WKF bo‘yicha Osiyo chempionati yangi nomlarni kashf qilib berdi. O‘smirlar, yoshlar, kattalar va ilk bor para karate dasturida kechgan murosasiz bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi jami 3 ta oltin, 5 ta kumush va 14 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egalladi. Mazkur musobaqa Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari oldidan terma jamoa tarkibini yana bir karra shakllantirib olish, iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi. Musobaqada shohsupaga ko‘tarilgan hamyurtlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
Kumite (14-15 yosh), +70 kg: Muhammadrizo Abdulatipov
Kumite (16-17 yosh), -61 kg: Abdulvahob Rashidov
Para karate (K 21): G‘ayrat Jo‘rayev

Kumush medal:
Kumite (14-15 yosh), -52 kg: Humoyunmirzo Halimov
Kumite (18-21 yosh), -67 kg: Muhammadlaziz Xo‘jaqulov
Kumite (18-21 yosh), -84 kg: Islomjon Sattorov
Kumite (18-21 yosh), -68 kg: Bonu Egamberdiyeva
Para karate (K 22): Saidikrom Mahkamov

Bronza medal:
Kata (16-17 yosh): Abdulaziz Rasulov
Jamoaviy kata (16-17 yosh), o‘g‘il bolalar
Jamoaviy kata (16-17 yosh), qiz bolalar
Kumite (16-17 yosh), -76 kg: Muhammadali Saymatov
Kumite (16-17 yosh), -55 kg: Mehriddin To‘raxonov
Kumite (16-17 yosh), -48 kg: Gulshan Alimardonova
Kumite (16-17 yosh), +59 kg: Marjona Jo‘raqulova
Kumite (18-21 yosh), -61 kg: Jasmina Saliboyeva
Kumite (kattalar), -67 kg: Sadriddin Saymatov
Kumite (kattalar), -84 kg: G‘ofurjon Zohidov
Jamoaviy kumite: Erkaklar
Para karate (K 21): Javlonbek Ismoilov
Para karate (K 21): G‘ofur Abduvosiqov
Para karate (K 21): Fazliddin Nig‘matullayev

Text to speech