21 Dekabr 2022
1304
Isroilda davom etayotgan dzyudo bo‘yicha "Masters" turnirining ikkinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi
Unda sportchilarimiz bittadan kumush va bronza medallariga ega chiqishdi. Ma’lum qilganimizdek, -73 kg vazn toifasi finalida Shahram Ahadov braziliyalik Daniyel Kargninga qarshi tatamiga chiqdi. Afsuski, murosasiz kechgan bahsda Tokio Olimpiadasi sovrindori Kargninning qo‘li baland keldi va Ahadov musobaqani kumush medal bilan yakunladi.
Bronza medali uchun bellashuvda jamoamizning ikki nafar vakili - Obidxon No‘monov va Murodjon Yo‘ldoshev to‘qnash keldi. Mazkur qarama-qarshilikda Yo‘ldoshev qisqa fursat ichida g‘alabani o‘ziniki qildi.