21 Dekabr 2022 1074

Bugun ikkita medal naqd

Masters musobaqasining ikkinchi kuni dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtmoqda. Kechki dasturda -73 kg vazn toifasida 3 nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib boradigan boʻldi.

Asosiy eʼtibor finalga yoʻl olgan Shahram Ahadovning ishtirokiga qaratilishi shubhasiz. Hamyurtimizning chempionlik uchun kurashdagi raqibi Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori braziliyalik Daniyel Kargnin boʻladi.

Yana bir ahamiyatli tomoni bronza medali uchun kurashda Murodjon Yoʻldoshev hamda Obidxon Noʻmonov toʻqnash kelishadi. Eng qizigʻi, Noʻmonov yarim finalda Shahram Ahadovga magʻlub boʻlib ushbu bosqichga kelgan boʻlsa, Yoʻldoshev oʻtish bellashuvida Hikmatilloh Toʻrayevdan ustun kelib shohsupaga koʻtarilish imkoniyatini saqlab qolgan.

Text to speech