21 Dekabr 2022 13604

Parij-2024 uchun yengil atletika normativlari yanada murakkablashdi

Butunjahon yengil atletika federatsiyasi Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun saralash sikli va normativlarni e’lon qildi. Tokio-2020 uchun ishlab chiqilgan tizim murakkabligi bilan katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Ahamiyatlisi, xalqaro federatsiya Parij-2024 Olimpiadasi uchun undan ham qiyin normativlarni tasdiqladi. Jumladan, ayollar balandlikka sakrash dasturidagi litsenziya talabi endilikda 1.97 smni (avvalgidan 1sm ko‘p) tashkil etadi. Uch hatlab sakrash dasturida esa bu 14.55 (+23 sm) ga teng bo‘ldi. To‘liq jadval quyidagicha:

Ushbu suratda har bir dastur uchun umumiy hisobda ajratilgan litsenziyalar bilan tanishasiz:

Agarda normativ bajargan sportchilar soni ko‘rsatilgan hisobga yetmasa, bo‘sh qolgan o‘rinlar reyting asosda to‘ldiriladi.

Tizimda belgilangan e’tiborli raqamlar:

Umumiy hisobda yengil atletika turi uchun Parij-2024 Olimpiadasida jami 1810 ta (905+905) litsenziya ajratilgan

Har bir davlatdan yakkalik dasturlarida maksimum 3 nafar sportchi Olimpiadada qatnashishi mumkin

35 kmga sportcha yurish bo‘yicha jamoaviy dasturda har bir davlat ko‘pi bilan 2 ta juftlikni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin

Har estafeta dasturida 1 tadan jamoa qatnasha oladi

Text to speech