20 Dekabr 2022 611

Nurillayev Mastersni kuchli beshlikda yakunladi

Isroilda o’tayotgan dzyudo bo’yicha Masters musobaqasining birinchi kun bellashuvlari yakunlanmoqda. Ma’lum qilganimizdek, kechki dasturda hamyurtimiz Sardor Nurillayev bronza medali uchun tatamiga chiqdi.

-66 kg vazn toifasida kurashgan samarqandlik polvonimizga ushbu bosqichda fransiyalik Valide Xyar raqiblik qildi. Afsuski, qo’shimcha daqiqalargacha cho’zilgan bellashuv yevropalik dzyudochining g’alabasi bilan yakunlandi va Nurillayev musobaqani 5-pog’onada yakunladi. Ushbu natija Sardorga jahon reytingi uchun 648, Parij-2024 yo’lida esa 324 ochkoni taqdim qiladi.

Text to speech