20 Dekabr 2022 1006

Sardor Nurillayev bronza medali uchun kurashadi

Isroilda start olgan dzyudo boʻyicha Masters musobaqasining kechki dasturida kurashadigan dzyudochilar nomi maʼlum boʻldi. Unga koʻra, -66 kg vazn toifasida yurtdoshimiz Sardor Nurillayev uchinchi oʻrin uchun bahs olib boradi.

Hamyurtimizning undagi raqibi bronza medali uchun oʻtish bosqichida boshqa bir dzyudochimiz Muhriddin Tilovovni magʻlubiyatga uchratgan fransiyalik Valide Xyar boʻladi. Afsuski, bugun ishtirok etgan terma jamoamizning qolgan vakillari medallar uchun kurashni erta tark etishdi.

Text to speech