20 Dekabr 2022 1250

Olti nafar taekvondochimiz jahon reytingining kuchli o‘nligida

Butunjahon taekvondo federatsiyasi yakuniy Gran-pridan so‘ng sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. 2022-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar vakili o‘z vazn toifasida kuchli o‘nlikdan o‘rin olgan. Bu yil +73 kg vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Svetlana Osipova 2-pog‘onaga ko‘tarildi. Shuningdek, Niyaz Pulatov, Ulug‘bek Rashitov va Feruza Sodiqova to‘rtinchi o‘rindan joy olgan. Faoliyatida qisqa tanaffus olgan Charos Qayumova hozircha 12-o‘rinda qatorda turibdi. Batafsil:

Erkaklar, -63 kg:
1. Yushuai Ling (Xitoy) – 203.20 ochko ...
4. Niyaz Pulatov (O‘zbekiston) – 147.32

-68 kg:
1. Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) – 382.77 ...
4. Ulug‘bek Rashitov (O‘zbekiston) – 241.86

-80 kg:
1. Seif Eyssa (Misr) – 297.34 ...
10. Shuhrat Salayev (O‘zbekiston) – 168.70

-87 kg:
1. Ikaro Soares (Braziliya) – 204.38 ...
10. Nikita Rafalovich (O‘zbekiston) – 112.00

Ayollar, -57 kg:
1. Zongshi Luo (Xitoy) – 474.86 ...
12. Charos Qayumova (O‘zbekiston) – 115.36

-62 kg:
1. Sara Shari (Belgiya) – 250.54 ...
4. Feruza Sodiqova (O‘zbekiston) – 167.81

+73 kg:
1. Byanka Kuk (Buyuk Britaniya) – 297.60
2. Svetlana Osipova (O‘zbekiston) – 277.46

Text to speech