20 Dekabr 2022 1884

Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramovni tabriklaymiz!

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ikramov Adham Ilhamovich 1968-yil 20-dekabr kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Ixtisosligi boʻyicha shifokor. Mehnat faoliyatini akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida boshlagan. Turli yillarda Sogʻliqni saqlash vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari, Savdo-sanoat palatasi raisi kabi lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan. Qayd etish joiz, oʻzbek sporti uchun katta ahamiyatga ega Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlarida aynan Adham Ilhamovich Oʻzbekiston delegatsiyasining rahbari sifatida tarixiy gʻalabalarimiz uchun ulkan hissa qoʻshgan. 2022-yilning 18-fevralida Sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlangan.

A.Ikramovning koʻp yillik mehnati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U Prezident farmoniga binoan “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan mukofotlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Adham Ikramovni tugʻilgan kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Text to speech