19 Dekabr 2022 1348

Dzyudochilarimiz Masters musobaqasidagi raqiblarini bilib olishdi

Ertaga Isroilning Iyerusalim (Quddus) shahrida dzyudo bo‘yicha Masters seriyasiga kiruvchi musobaqa start oladi. Yilning eng so‘nggi musobaqasida har bir vaznning eng kuchli 36 nafar sportchisi ishtirok eta oladi xolos. Ma’lum qilganimizdek, unda O‘zbekiston terma jamoasi 17 nafar atlet bilan ishtirok etadi. Bugun musobaqadan avval bellashuvlarga qur’a tashlandi. G‘olibga 900 reyting ochkosini taqdim qiluvchi mazkur musobaqani hamyurtlarimiz quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

Erkaklar:
-60 kg: Dilshodbek Baratov – David Pulkrabek (Chexiya)
-66 kg: Sardor Nurillayev – Xuan Postigos (Peru)
-66 kg: Muhriddin Tilovov – Alberto Gaitero (Ispaniya)
-73 kg: Shahram Ahadov – Abdul Malik Umayev (Belgiya)
-73 kg: Obidxon No‘’monov – Aleksandru Raisu (Ruminiya)
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev – Joan-Benjamin Gaba (Fransiya) / Igor Vandtke (Germaniya)
-73 kg: Hikmatilloh To‘rayev – Daniyar Shamshayev (Qozog‘iston)
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev – Dominik Ressel (Germaniya)
-90 kg: Davlat Bobonov – Didar Xamza (Qozog‘iston) / Klen Kaljulayd (Estoniya)
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev – Onise Saneblidze (Gruziya)
-100 kg: Otabek To‘raboyev – Kayl Rays (Kanada)
+100 kg: Alisher Yusupov – Kristian Konoval (AQSh) / Marti Pumalaynen (Finlyandiya)
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov – Eney Marinich (Sloveniya)

Ayollar:
-52 kg: Sida Qadamboyeva – Anjelika Delgado (AQSh)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Fabian Koxer (Shveysariya) / Yerin Jung (J.Koreya)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Elizavet Telsidou (Gretsiya)
-70 kg: Shohista Nazarova – Evi Mariye Gaxe (Fransiya)

Text to speech