18 Dekabr 2022
1520
Dzyudo murabbiylari uchun seminar tashkil etildi
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahri murabbiylari uchun seminar oʻtkazilyapti. Ushbu seminar Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi sport direktori Marko Shpitka tomonidan olib borilmoqda.
Uch kunga moʻljallangan seminarda mahalliy murabbiylarimiz tajribali mutaxassis yordamida oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirib oladilar. Mashgʻulotlar nazariy va amaliy koʻrinishda olib borilyapti.
Marko Shpitka turli yosh toifasidagi dzyudochilar uchun moʻljallangan mashgʻulotlarni qay tarzda oʻtkazish, chigalyozdi mashqlarini toʻgʻri bajarish, parter texnikasi, tatamida yakka va jamoaviy usulda ishlash kabi yoʻnalishlarda saboq beryapti.