17 Dekabr 2022 1436

OKMK – gandbol boʻyicha 2022-yilgi Oʻzbekiston chempioni!

Gandbol boʻyicha ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati yakuniga yetdi. Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida oʻtgan soʻnggi tur bellashuvlaridan keyin joriy yilgi chempion aniqlandi.

Toʻrt davra sarhisobiga koʻra, Toshkent viloyatining OKMK jamoasi oltin medalni qoʻlga kiritdi. Kumush medal Toshkent shahri jamoasiga nasib etgan boʻlsa, kuchli uchlikni samarqandlik qizlar yakunlab berishdi.

Text to speech