16 Dekabr 2022 1307

Akbar Jo‘rayevdan ham oltin medal kutamiz

Bugun Kolumbiyada og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetadi. Reglamentga ko‘ra, ushbu kun doirasida +109 kg vazn toifasida A, B va C guruhlaridagi bellashuvlar o‘tkaziladi.

Toshkent vaqti bilan 17 dekabrga o‘tar kechasi 02:30 da start oladigan “A” guruhi vakillari orasida o‘tgan yilgi jahon chempioni, Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi Akbar Jo‘rayev ham ishtirok etadi. Bu yildan yuqori vaznga o‘tgan polvonimizga oltin medal yo‘lida asosiy raqobatchi ushbu vazn toifasidagi amaldagi Olimpiada chempioni, jahon chempioni va rekordchisi gruziyalik Lasha Talaxadze bo‘ladi. Bo‘lajak bellashuvda Jo‘rayevga omad tilaymiz. “A” guruhi vakillari:

Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) 
Lasha Talaxadze (Gruziya) 
Simon Martirosyan (Armaniston) 
Varazdat Lalayan (Armaniston) 
Gor Minasyan (Bahrayn) 
Ali Dovudi (Eron) 
Oyat Sharifi (Eron)
Abdulrahmon Al Said (Misr)
Volid Bidani (Jazoir)
Man Asad (Suriya)

Text to speech