Nurjan Tuyakbayev “Lancelotta” bilan 160 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrashga chog‘lanmoqda
Polshada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “CSI3*-W Cavaliada Poznan” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Turnirning ilk kunida hamyurtimiz Nurjan Tuyakbayev 145 sm to‘siq balandligi iborat Gran-pri dasturida ishtirok etib, 105 sportchi orasida jarima ochkolarisiz 9-natijani qayd etdi.
Ta’kidlash joiz, mazkur natija Tuyakbayev va unga hamrohlik qilgan “Lancelotta” tulporiga balandligi 160 smni tashkil etuvchi to‘siqlardan sakrash bo‘yicha asosiy dasturga yo‘llanma berdi. Ushbu bahs 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
“CSI3*-W Cavaliada Poznan” turniri
145 sm (to‘siq balandligi):
1. Aleksandr Levandovskiy, “Jazzmir” laqabli ot (Polsha)
2. Jonni Palsa, “Beau van de Hagenhorst Z” (Niderlandiya)
3. Marek Levitski, "La Pezi” (Polsha) ...
9. Nurjan Tuyakbayev, “Lancelotta” (O‘zbekiston)
Bugun kechki dasturda Tuyakbayev 150 sm balandlikdagi to‘siqlardan oshish bahslarida o‘z omadini sinab ko‘radi.