16 Dekabr 2022 1408

Toshkentda karate WKF boʻyicha Osiyo chempionati boshlandi

Maʼlum qilganimizdek, bugun poytaxtimizda karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha qitʼa birinchiligiga start berildi. Ushbu kun doirasida oʻsmir yosh toifalarida kata va kumite yoʻnalishlari boʻyicha yakkalik hamda jamoaviy bellashuvlar oʻtkazilmoqda.

Musobaqa oʻsmirlar, yoshlar, kattalar va para karate toifalarida tashkil etilgan. Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasining maʼlum qilishicha umumiy ishtirokchilar soni 1000 nafardan ortiq. Jamoamiz unda 59 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda. Ertaga musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.

Text to speech