26 Aprel 2021 4778

Zaynab Dayibekova: "Prezidentimizga bergan va'damning ustidan chiqdim”

Bir oz avval hamyurtimiz Zaynab Dayibekova poytaxtimizda o'tayotgan qilichbozlik bo'yicha lisenzion musobaqada g'alaba qozonib, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma oldi. Qahramonimiz musobaqadan so'ng o'z fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

"2017 yil muhtaram Prezidentimiz bilan uchrashganimda ularga Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olaman, deb va'da bergan edim. Xudoga shukur, bugun g'alaba qozonib, ushbu va'damning ustidan chiqdim. Fursatdan foydalanib, menga ishongan, qo'llab-quvvatlagan Onajonim va barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Bu bilan dastlabki qadamni tashladik. Keyingi qadamimiz Tokio-2020 Olimpiadasining medali bo'ladi. Biz yangi O'zbekiston yoshlari xalqaro musobaqalarda yurtimiz bayrog'ini yanada yuqorilarga ko'tarishga va'da beramiz", – dedi Tokio-2020 lisenziati.

Eslatib o'tamiz, Dayibekova qilichboz qizlarimiz orasida sablya yo'nalishida Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan o'zbekistonlik ilk sportchidir. Bu bilan qilichbozlarimizning Tokio-2020 uchun qo'lga kiritgan yo'llanmalari 3 taga yetdi.

Text to speech