16 Dekabr 2022 990

Ruslan Nurudinovdan tarixiy chempionlik!

Kolumbiyadan navbatdagi xushxabar. Hamyurtimiz Ruslan Nurudinov dunyo birinchiligida -109 kg vazn toifasida mutlaq jahon chempionligini qo’lga kiritdi. Bu bilan andijonlik polvonimiz ikki bor jahon chempionligiga erishgan birinchi o’zbek og’ir atletikachisiga aylandi.

Nurudinov dast ko’tarish mashqida 177 kg, siltab ko’tarishda 220 kg va umumiy hisobda 397 kg bilan ushbu vazn toifasida tengsiz ekanini ko’rsatib, 3 yo’nalishda oltin medallarga egalik qildi. Bu uning faoliyatida dunyo birinchiligidagi ikkinchi chempionlik. Hamyurtimiz eng yaqin ta’qibchisini 8 kgga ortda qoldirishga erishdi.

Og’ir atletika bo’yicha JCh
Erkaklar, -109 kg:
1. Ruslan Nurudinov (O’zbekiston) - 397 (177+220) kg
2. Giorgi Chxeidze (Gruziya) - 389 (170+219) kg
3. Rafael Kastilyo (Kolumbiya) - 388 (174+214) kg

Text to speech