15 Dekabr 2022
1193
Qoʻqonda taekvondo WT boʻyicha mamlakat chempionati boshlandi
Bugun Qoʻqon shahrida taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga start berildi. Musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 600 nafarga yaqin taekvondo ustalari gʻoliblik uchun kurash olib borishadi.
Reglamentga koʻra, bugun pumse boʻyicha bellashuvlar oʻtkaziladi. 16-18-dekabr kunlari esa kyuryogi yoʻnalishidagi janglarga guvoh boʻlamiz. Muxlislar mazkur chempionat davomida Jasur Jaysunov, Shahboz Tusmatov, Feruza Sodiqova, Madinabonu Mannopova, Dinoraxon Mamadibragimova kabi nomdor sportchilarning chiqishiga guvoh boʻlishadi. Terma jamoaning boshqa yetakchilari esa yil boshida oʻtadigan xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishayotgani sababli musobaqani oʻtkazib yuborishadi.