15 Dekabr 2022
1314
Bugun Ruslan Nurudinovga muxlislik qilamiz
Og‘ir atletika bo‘yicha Kolumbiyaning Bogota shahri mezbonlik qilayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi uchun atalgan kunlar yetib keldi. Bugun Olimpiada va jahon chempioni Ruslan Nurudinov oltin medallar uchun supaga chiqadi. Hamyurtimiz Toshkent vaqti bilan 16 dekabr kuni soat 05:00 da start oladigan -109 kg vazn toifasining “A” guruhi vakillari orasida ishtirok etadi. Ushbu guruh a'zolarining to‘liq ro‘yxati:
Ruslan Nurudinov (O‘zbekiston)
Aymen Bacha (Tunis)
Mehdi Karami (Eron)
Bin-Chen Don (Xitoy Taipeyi)
Zaza Lomtadze (Gruziya)
Giorgi Chxeidze (Gruziya)
Rafael Kastilo (Kolumbiya)
Oskar Franko (Kolumbiya)
Yaroslav Samoray (Polsha)