15 Dekabr 2022 1690

Mamlakat birinchiligida eng kuchli bokschilarimiz aniqlandi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi. Kunning ikkinchi yarmida erkaklar o‘rtasidagi 13 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlab olindi.

Natijalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, -51 kg vazn toifasi finalida aka-uka Hasanboy va Faryozbek Do‘smatovlar to‘qnash kelishi kerak edi. Biroq hakamlar yarim final jangini qayta ko‘rib chiqishgach, Faryozbek diskvalifikatsiya qilindi va oltin medal akasi Hasanboy Do‘smatovga nasib etdi. Shuningdek, xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilib kelayotgan Nodirjon Mirzaahmedov, Mirazizbek Mirzahalilov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Lazizbek Mullojonov kabi bokschilar o‘z vazn toifalarida yana bir bor oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Dilshod Ro‘zmetov esa finalda Odiljon Aslonovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Batafsil:

-48 kg:
1. Nodirjon Mirzaahmedov (Toshkent sh.)
2. Shodiyor Meliqo‘ziyev (Farg‘ona)
3. Asilbek Jalilov (Buxoro)
3. Doniyor Bekmurodov (Buxoro)

-51 kg:
1. Hasanboy Do‘smatov (Andijon)
3. Abdumajid Mannopov (Farg‘ona)
3. Muhammadqodir Mamirjonov (Toshkent vil.)

-54 kg:
1. Shahzod Muzaffarov (Buxoro)
2. Oybek Jo‘rayev (Toshkent vil.)
3. Shahbozbek Tolibjonov (Andijon)
3. Sanjar Vahobov (Toshkent vil.)

-57 kg:
1. Mirazizbek Mirzahalilov (Farg‘ona)
2. Samandar Xolmurodov (Jizzax)
3. Ayubxon Baxtiyorov (Andijon)
3. Mirzabek Mirzahalilov (Farg‘ona)

-60 kg:
1. Dilshod Abdumurodov (Surxondaryo)
2. Aydos Tagaybayev (Toshkent vil.)
3. Kamronbek Eshmatov (Andijon)
3. Shunqorbek Abdurasulov (Toshkent vil.)

-63.5 kg:
1. Mujibullo Tursunov (Andijon)
2. Sulaymon Latipov (Buxoro)
3. Murod Aliyev (Samarqand)
3. Shahboz Yunusaliyev (Toshkent vil.)

-67 kg:
1. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (Farg‘ona)
2. Bekzod Hamidov (Buxoro)
3. Javlonbek Yo‘ldoshev (Andijon)
3. Jahongir Ibodullayev (Navoiy)

-71 kg:
1. Nurislom Ismoilov (Farg‘ona)
2. Baxtiyorjon G‘ofurov (ROPSTTM)
3. Kamron Turg‘unboyev (Toshkent sh.)
3. Kamron Shukurjonov (Yoshlar TJ)

-75 kg:
1. A’loxon Abdullayev (Namangan)
2. Abdulaziz Abdupattayev (Andijon)
3. Login Petrov (Navoiy)
3. Hojiakbar Qodirxonov (Toshkent sh.)

-80 kg:
1. Odil Aslonov (Buxoro)
2. Dilshodbek Ro‘zmetov (Xorazm)
3. Jasurbek Yo‘ldoshev (Namangan)
3. Shoyadbek Xoldorov (Yoshlar TJ)

-86 kg:
1. Shohjahon Abdullayev (ROPSTTM)
2. Temurxon Sobirov (Farg‘ona)
3. Samandar Jalolov (Surxondaryo)
3. Jo‘rabek Toshtemirov (Toshkent vil.)

-92 kg:
1. Sanjar Tursunov (Surxondaryo)
2. Nusratbek Tohirov (ROPSTTM)
3. Amirshoh Samadov (Buxoro)
3. Nurmuhammad Ahmedov (Surxondaryo)

+92 kg:
1. Lazizbek Mullojonov (Farg‘ona)
2. Jahongir Zokirov (Jizzax)
3. Shohjahon Abdullayev (Andijon)
3. Abdurahim Jo‘rayev (Toshkent vil.)

Text to speech