15 Dekabr 2022 890

Kunni xushxabar bilan qarshi olamiz: Kolumbiyada o’tayotgan jahon chempionatida birinchi medal!

Og’ir atletika bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi Kolumbiya mezbonlik qilayotgan jahon chempionatida dastlabki medallarini qo’lga kiritdi. -87 kg vazn toifasida bahs olib borgan Tursunoy Jabborova kumush va bronza medallariga ega chiqdi.

Hamyurtimiz dast ko’tarish mashqida 112 kg bilan ikkinchi o’rinni egallagan bo’lsa, siltab ko’tarish mashqida 129 kg bilan sakkizinchi pog’onadan joy oldi. Ikki kurashdagi 241 kg yakunda Jabborovaga bronza medalini taqdim qildi.

Og’ir atletika bo’yicha JCh:
Ayollar, -87 kg:
1. Solfrid Koanda (Norvegiya) - 260 (113+147) kg
2. Eylin Tikmatana (Avstraliya) - 249 kg (109+140) kg
3. Tursunoy Jabborova (O’zbekiston) - 241 (112+129) kg

Shuningdek, tungi dasturda -81 kg vazn toifasida ishtirok etgan Rigina Adashbayeva umumiy hisobda 220 kg bilan 18-natijani qayd etdi. Musobaqaning qolgan bahslarida ishtirok etadigan hamyurtlarimizga ham omad tilab qolamiz.

Text to speech