14 Dekabr 2022
1142
Karate bo'yicha hakamlar seminari muvaffaqiyatli davom etmoqda
Karate bo‘yicha Osiyo chempionatidan avval hakamlar uchun tashkil etilgan xalqaro seminar o‘z ishini yakunladi. Bugun 400 nafardan ziyod mutaxassis ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Kata yo‘nalishida kechgan darsda xalqaro federatsiyaning 4 nafar eksperti mutaxassislarga texnik harakatlarni baholashdagi o‘ziga xosliklar xususida batafsil ma’lumot berishdi. Butunjahon karate WKF federatsiyasi hakamlar qo‘mitasi rahbari Xaver Eskalantening ma’lum qilishicha, hali hech bir qit’ada o‘tgan seminarda Toshkentdagidek ko‘p hakam ishtirok etmagan. So‘nggi imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan mutaxassislar ertaga xalqaro darajadagi sertifikatga ega bo‘lishadi.