14 Dekabr 2022 871

Bugun Rigina Adashbayevaga muxlislik qilamiz

Kolumbiyada oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida yuqori vaznli sportchilar ishtirokiga ham navbat yetib keldi. Bugun faoliyatini yengil atletika sport turida boshlab, bu yildan ogʻir atletika bahslarida ishtirok etayotgan Rigina Adashbayeva qatnashadi.

Adashbayeva joriy yil 3 ta xalqaro musobaqada ishtirok etib, ularning barchasida sovrindorlar qatoridan joy olishga muvaffaq boʻldi. Hamyurtimiz -81 kg vazn toifasining “V” guruhida oʻz omadini sinab koʻradi. Uning chiqishi Toshkent vaqti bilan 15-dekabrga oʻtar kechasi 02:00 ga toʻgʻri keladi.

Text to speech