13 Dekabr 2022 1226

Butunjahon karate federatsiyasi prezidenti Antonio Espinos Toshkentda

Maʼlumki, 16-20-dekabr kunlari Toshkent karate WKF boʻyicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Bugun mazkur musobaqaning faxriy mehmonlari Butunjahon karate federatsiyasi prezidenti Antonio Espinos hamda Osiyo karate federatsiyasi prezidenti, general-mayor Nasir Al Razuqi poytaxtimizga tashrif buyurishdi.

Martabali mehmonlarni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Rashid Talipov boshchiligidagi Oʻzbekiston karate federatsiyasi mutasaddilari kutib olishdi.

Rejaga koʻra, musobaqa boshlangunga qadar rasmiylar bilan yurtimizda karate sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqish va uning ommaviyligini yanada oshirish, Osiyo chempionatiga tayyorgarlik kabi mavzularda bir qator uchrashuvlar tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

Text to speech