13 Dekabr 2022 864

Jahon sportida nima gap?

Avstraliyaning Melburn shahrida o‘tgan Kongressda Xalqaro suzish federatsiyasi (FINA) o‘z nomini Butunjahon suv sporti turlari federatsiyasiga (World Aquatics) o‘zgartirdi. Shuningdek, tashkilot yangilangan ramzini ham namoyish qildi.

“FINA nomi 114 yil biz bilan birga bo‘ldi. Ammo zamonaviy dunyo o‘zgarmoqda va bizning federatsiyamiz unga hamohang bo‘lishi kerak” – deydi tashkilot rahbari Husayn Al Musallam.

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Qatarda ???????? o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining yarim finalidan o‘rin olgan Fransiya va Marokash jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun Doxaga boradi.

Qatar poytaxti Doxa stol tennisi bo‘yicha 2025-yilgi jahon chempionati mezbonligini qo‘lga kiritdi.

Text to speech