13 Dekabr 2022 577

Chavandozlarimiz Yevropadagi xalqaro yig'inda

Ot sporti olamida 2022 yilgi bellashuvlar mavsumi yakunlanganidan so‘ng terma jamoalar xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishmoqda. Jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham.

Hamyurtlarimiz ayni kunlarda Italiya va Polshadagi yig‘in orqali o‘z mahoratlarini oshirishmoqda. Mashg‘ulotlarning so‘nggi bosqichi Niderlandiyada tashkil etiladi.

Terma jamoamiz vakillari ushbu yig‘inlar orqali xalqaro tajriba almashish, o‘z mahoratlarini oshirish, kelasi yil bo‘lib o‘tadigan nufuzli musobaqalar, xususan, Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish kabi maqsadlarni ko‘zlashgan.

Text to speech