13 Dekabr 2022 590

Olimpiada sovrindori bilan mahorat saboqlari

Ayni paytda rossiyalik taniqli voleybolchi, Afina-2004 Olimpiadasining kumush medal sohibasi rossiyalik Olga Nikolayeva mamlakatimizda boʻlib turibdi. Tashrif davomida mutaxassis bir qator hududlarda yosh voleybolchilar uchun mahorat saboqlari oʻtkazishi koʻzda tutilgan.

Ana shunday tadbirlardan biri Qoʻqon shahrida tashkil etildi. Qoʻqon pedagogika institutida oʻtgan mahorat saboqlarida mazkur taʼlim dargohining jamoasi va Oʻzbekiston tumani yoshlari ishtirok etishdi. Tajribali voleybolchi uchrashuv davomida ushbu sport turidagi oʻziga xos qirralar, zamonaviy metodika boʻyicha qimmatli maʼlumotlar berdi.

Text to speech