13 Dekabr 2022 892

Bugun Sharofiddin Amriddinov supaga chiqadi

Kolumbiyada ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati davom etmoqda. Joriy yil mavsum kashfiyotiga aylangan samarqandlik Sharofiddin Amriddinov bugun supaga chiqadi.

Yosh hamyurtimiz -102 kg vazn toifasining “В” guruhida ishtirok etadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi. Chempionlik uchun kurashadigan “A” guruhi vakillarining chiqishi esa 14-dekabr tong soat 05:00 ga belgilangan. Shundan soʻng hamyurtimizning musobaqada egallagan yakuniy pogʻonasini bilib olishimiz mumkin boʻladi.

Text to speech