12 Dekabr 2022 1115

Xalqaro seminar o'z ishini boshladi

Toshkentda Osiyo karate WKF federatsiyasi tomonidan qitʼamiz hakamlari uchun xalqaro seminar oʻtkazilayotgani haqida maʼlum qilgan edik. Bugun Butunjahon karate federatsiyasining hakamlar qoʻmitasi rahbari Xaver Eskalante tomonidan tinglovchilarga nazariy bilim berildi. Ishtirokchilar ertaga amaliy imtihonlar orqali oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazishadi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur tadbirda Osiyoning 30 dan ortiq mamlakatidan 400 nafardan ziyod hakam qatnashmoqda.

Text to speech