Stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi
Jizzaxda stol tennisi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligi yakuniga yetdi. Joriy chempionat mas’uliyatli musobaqalar kutib turgan 2023 yil oldidan terma jamoa tarkibini shakllantirib olishda muhim bosqich vazifasini o‘tab berdi.
Bellashuvlarda Toshkent viloyati vakillari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Xususan, Zohid Kenjayev barcha dasturlarida oltin medallarga ega chiqdi. Juftlik va mikst yo‘nalishlaridagi natijalar bilan tanishing:
Erkaklar, juftlik:
1. Zoxid Kenjayev / Shoxrux Iskandarov ( ikkisi Toshkent vil.)
2. Qutbidillo Teshaboyev (Namangan) / Muhammad O‘ktamboyev (Xorazm)
3. Umid Zokirov / Abdulaziz Anorboyev (ikkisi Andijon)
3. Jamshid Raximberganov (Xorazm) / Ulug‘bek Mahmudov (Namangan)
Ayollar, juftlik:
1. Husnora Iminova / Saida Omiljonova (ikkisi Andijon)
2. Marxabo Magdiyeva / Rozalina Xadjiyeva (ikkisi Toshkent vil.)
3. Diana Polegayeva / Rumiya Lutfullina (ikkisi Toshkent sh.)
3. Mohiro‘y Kamalova (Toshkent sh.) / So‘g‘diyona Madaliyeva (Namangan)
Mikst:
1. Zohid Kenjayev / So‘g‘diyona Ibodullayeva (ikkisi Toshkent vil.)
2. Odilbek No‘monohunov / Gulchiroy Turg‘unova (ikkisi Andijon)
3. Muxammad O‘ktamboyev (Xorazm) / Sayyora Abduxalilova (Namangan)
3. Doniyor Toremuratov / Moxiroy Kamalova (ikkisi Toshkent sh.)