12 Dekabr 2022 1102

Toshtemirov va To'xtayev ham ishtirokini yakunladi

Kolumbiyada o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining yana ikki nafar vakili ishtirokini tugatdi. -81 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarda Og‘abek To‘xtayev hamda Muhammadqodir Toshtemirov ishtirok etishdi. “В” guruhida qatnashgan To‘xtayev 326 (140+180) kg bilan 11, Toshtemirov esa "A" guruhida 343 (156+187) kg bilan 7-natijani qayd etdi. Mazkur yo‘nalishda oltin medal xitoylik Li Dayinga nasib etdi. Batafsil:

Og‘ir atletika bo‘yicha JCh
Erkaklar, -81 kg:

1. Li Dayin (Xitoy) – 372 (171+201) kg
2. Rejepbay Rejepov (Turkmaniston) – 366 (164+202) kg
3. Vu Jaye Kim (Koreya Respublikasi) – 357 (162+195) kg ...
7. Muhammadqodir Toshtemirov (O‘zbekiston) – 343 (156+187) kg ...
11. Og‘abek To‘xtayev (O‘zbekiston) – 326 (140+180) kg.

Text to speech