12 Dekabr 2022 885

Elmurat Tasmuradovni tabriklaymiz!

Bugun yunon-rum kurashi boʻyicha Rio-2016 Olimpiadasi bronza medali sohibi, 3 karra jahon chempionati sovrindori Elmurat Tasmuradov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Elmurat Tasmuradov 1991-yil 12-dekabr kuni Toshkent viloyatida dunyoga kelgan. Mahoratli kurashchimiz faoliyati davomida 5 bor Osiyo chempionatining oltin medali va 2 marotaba bronza medallarini ham qoʻlga kiritgan. London-2012, Rio-2016 va Tokio-2020 Olimpiadalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. Ushbu natijalari evaziga davlatimiz tomonidan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi kurashchimizni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga mustahkam salomatlik, uzoq umr tilab qoladi.

Text to speech