11 Dekabr 2022 861

Osiyo chempionati oldidan hakamlar uchun seminar boshlandi

16-20-dekabr kunlari Toshkent kartening WKF yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Har qit’a birinchiligidan avval Osiyo karate federatsiyasi tomonidan xalqaro darajani olishga da’vogar hakamlar uchun seminar o‘tkaziladi. Bugun poytaxtimizda mazkur reglament asosida navbatdagi seminar boshlandi.

3 kun davom etadigan tadbirda qit’mizning 30 dan ortiq davlatidan tashrif buyurgan 400 dan ziyod referi ishtirok etmoqda. Ular orasida hamyurtlarimiz 20 nafarni tashkil etadi.

Ma’ruzalar Butunjahon karate federatsiyasining hakamlar qo‘mitasi rahbari Xaver Eskalante tomonidan o‘tkaziladi. Amaliy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan mutaxassislarga xalqaro darajadagi sertifikat topshiriladi.

Text to speech