11 Dekabr 2022 948

Kenjayev hamda Magdiyeva yana bir bor O‘zbekiston chempionatida g‘alaba qozonishdi

Jizzaxda stol tennisi bo‘yicha kattalar o‘rtasida mamlakat chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada yurtimizning eng kuchli kichik raketka ustalari g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Ayni paytga kelib, yakkalik yo‘nalishida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum qildi.

Kutilganidek, erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda Zohid Kenjayev, ayollar bahsida Marhabo Magdiyeva oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. G‘olib va sovrindorlar:

Erkaklar:
1. Zohid Kenjayev (Toshkent vil.)
2. Qutbidillo Teshaboyev (Namangan)
3. Elmurod Xoliqov (Toshkent vil.)

Ayollar:
1. Marhabo Magdiyeva (Toshkent vil.)
2. Rozalina Xadjayeva (Toshkent vil.)
3. Husnora Iminova (Andijon)

Text to speech