11 Dekabr 2022 1038

Jahon sporti afsonasi Irina Rodnina Oʻzbekistonda

12-13-dekabr kunlari Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi XV Ijodiy va ilmiy ziyolilari forumi boʻlib oʻtadi. Ayni paytda ushbu tadbirda ishtirok etadigan yuqori martabali mehmonlarning tashrifi davom etmoqda.

Bugun Sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Abdulla Aslonov hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi deputati, figurali uchish boʻyicha Olimpiya oʻyinlarining 3 karra gʻolibi, 10 karra jahon chempioni Irina Rodninani kutib olishdi.

Ertaga forumning asosiy tadbirlari boʻlib oʻtadi. Unda mintaqada turli sohalardagi doʻstona aloqalarni yanada mustahkamlash, oʻzaro hamkorlik rivojini yangi bosqichga olib chiqish kabi yoʻnalishlarda maʼruzalar qilinib, mutasaddilar ishtirokida qator uchrashuvlar oʻtkaziladi.

Text to speech